Размер шрифта
-
+

Allamjonov aybdor - стр. 3

Menga bu pulning keragi yoʻq edi. Qoʻl ostimdagilar sal hayron boʻlishdi. Toʻgʻri, biznes bilan shugʻullanishimni, oʻzimga yarasha daromadim borligini hamma biladi, lekin pul hech qachon ortiqchalik qilmaydi-ku!

Tabiiyki, «Ijarachilarga tegmang», degan iltimoslar yogʻila boshladi. Hech kim issiq oʻrnini yoʻqotgisi kelmasdi. Yuqoridan, vazirlik va idoralardan qoʻngʻiroq qildirib, yangi direktorga bosim oʻtkazishga harakat qilishdi. Faqat Xotin-qizlar qoʻmitasining oʻsha paytdagi raisi Tanzila Kamolovna2, ular uchun ajratilgan yangi binoning qurilishi hali oxiriga yetmagani, ozgina vaqt berilsa, bir yoʻla koʻchib chiqib ketishlarini tushuntirdi. Ularning soʻzini ikki qilolmadim. Qolganlarga qattiq turdim. Bino – bizniki, xodimlarimga sharoit yaratib berishim kerak. Ichki hovli yopildi, uyum-uyum axlat chiqarib tashlandi, xonalar, xoll, yoʻlaklar taʼmirlandi. Bularning hammasi kimning hisobidan boʻlganini gapirishga hojat yoʻqdir-a?! Bino taʼmiri oilaviy biznesimga qimmatga tushdi, oldinda esa hali ish koʻp edi.

Esimda, tadbirlardan birida Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov3 bilan uchrashib qoldik. Hozir nima ishlar bilan bandligimni soʻradi. OʻzMAAni boshqarayotganimni aytdim.

– Nima tashkilot edi u, eslatib yuboring? – soʻradi Ramatov.

OʻzMAA shu darajada bor-yoʻqligi bilinmaydigan, mudroq tashkilot boʻlganki, hatto Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari bu Agentlikni birdaniga eslolmadi. Tashkilot rahbarlari Vazirlar Mahkamasi yigʻilishlariga deyarli chaqirilmagan. Direktorini faqat «baxt maktubi» olib turgan gazetalarning muharrirlarigina tanigan – uni olib tashla, buni tahrir qil… Faqat bir marta, janob Tangriyev4 «maʼnaviyatga zarar yetkazganlar»ga (uning nazarida, albatta) qarshi OʻzA orqali ayovsiz kurash eʼlon qilganida, uning dongi hamma yoqqa tarqaldi.

Ammo mening oldimda turgan eng asosiy masala binoni taʼmirlash emas, Agentlik direktorining nufuzini koʻtarish edi, albatta. Xoʻp, buning uchun nima qilish kerak? Mansab guvohnomasini pesh qilib, atrofdan izzat-hurmat kutish befoyda. Yaxshisi, jang sanʼati qoidalarini qoʻllagan maʼqul. Birinchi navbatda asosiy raqibni, kim boshqalarga taʼsiri, soʻzini oʻtkazishini aniqlab, zararsizlantirish shart.

Xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazib, bir kun ichida bir necha kishini ishdan boʻshatdim. Keyin butun jamoa oldida Monitoring markazi direktori Xurshid Mamatovni lavozimidan oldim. Aynan uning guruhi

Yaxshiyamki, ishdan ketganimga achingan oddiy jurnalist va blogerlar himoya qilishgani, boʻlmasa bular meni yanchib tashlashga tayyor edi.

Страница 3